Tarix

Bu dunyoda eng muhimi, turgan o`rnimiz emas, balki harakatlanayotgan yo`nalishimizdir.
O. Xolms
«Arsenal D» ning tarixida quyidagi so`zlarga duch kelmaysiz:
  • yosh, jo`shqin va yuqori malakali kompaniya va h.z.
  • Kichik va o`rta biznes uchun web-saytlarga yakuniy qarorlar qabul qilish
  • bu sohaning yuqori malakali mutaxassislari …
  • amalga oshirilgan xizmatlar, qisqa muddat, kafolatli sifat, biznes talablari, mijozlar biznes holatini chuqur tushunish
  • va hokazolar

Chunki aytilgan so`zga qarab emas, balki qilingan ishga qarab xulosa qilinadi.

2004 yil «East Telecom»QK Internet tarmog`iga ulanishning to`liq spektr xizmatlarini ko`rsatadigan, web-saytlar yaratadigan va UZ zona ikkinchi darajadagi domenlarni ro`yxatga oladigan, shuningdek «East Telecom»QK telemuloqot xizmatlarini amalga oshirishda ishtirok etadigan «ColorIT Design» nomli tuzilma bo`limini tashkil etdi.

2006 yil, barcha tashkiliy masalalarni hal etgan holda va telemuloqot bozorida muhim o`rin egallash maqsadida, o`zining texnik va intelektual imkoniyatlarini WiMAX simsiz ulanish texnologiyasida, keng telekommunikatsion xizmatlari spektr imkoniyatini berishga yo`naltirdi. Kompaniya qayta qurilishishi natijasida paydo bo`lib, «ColorIT Design»ma`lumot uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko`rsatish va ishlatish litsenziyasiga ega bo`lgan holda, kompaniya o`z nomini «Max Line» deb o`zgartirdi va bu O`zbekiston Respublikasi hududida birinchi Wireless Network Operator (Simsiz ulanish operatori) bo`ldi.

Shu bilan birga «ColorIT Design» qayta ro`yxatdan o`tdi va o`zini «ColorIT Design Inc.» deb nomlagan holda O`zbekiston Respublikasi reklama sohasida faol ravishda ilg`or kompaniyalardan biriga aylanadi.

2006 yil «Max Line» asosiy ta`sischi sifatida yangi kompaniyani tashkil etdi va uni «Arsenal D» deb nomladi. «Arsenal D» yuqorida takidlab o`tgan xizmatlar bo`yicha «ColorIT Design» va «Max Line» tomonidan qabul qilingan web-saytlar tashkil etish, turli darajadagi dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek UZ zonasida ikkinchi darajadagi domenlarni ro`yxatga olish bo`yicha shartnomarlarning qonuniy merosxo`riga aylandi. Aynan shu yo`nalishda faoliyat yuritgan «ColorIT Design» va «Max Line» kompaniya hodimlari hozirgi kunda «Arsenal D» xodimlari hisoblanadilar.

 O`zingni keragidan ortiq muhim shaxs deb o`ylash, hamda o`zingni kerakli darajada qadirlamaslik katta xatodir.
I. Gyote


Matbuotda biz

Yorliq