«3=4» aksiyasi

Uzinfocom Markazi tug`ilgan kuni munosabati bilan, «UZ» domen zonasi Ma’muriyati 20 iyuldan 29 iyulgacha «Uz» domen zonasida 3 yil muddatga domen nomini registrasiya qilgan, Respublika fuqarolari jismoniy va yuridik shaxslari uchun «3=4» aksiyasini e’lon qiladi va yana bir (1) yil xizmatlarini BEPUL taqdim etadi. Shunday qilib, ushbu davr mobaynida 3 yil muddatga domen nomini ro`yhatrdan o`tkazgan, mamlakatimiz fuqarolari, domenning 4 yil registrasiyasiga ega bo`ladilar.