Yetakchi web-studiyaga o`n ikki savol (muallif: Tim Gazeev)

1. O`zingiz haqingizda gapirib bering. Nimalar qilayapsiz, nimalar qilmoqchisiz va nimalar qilib bo`ldingiz. (Saytingizni diqqat bilan ko`rib chiqdim)

«Arsenal D» tarixi 2004 yildan boshlanadi. Kasbimiz yo`lining boshida kerakli o`rinda aytilgan bir so`z bo`lgan. Omadlilar.
2004 yil East Telecom QK Internetga ulanish bir butun spektrni taqdim etadigan, web-saytlar yaratadigan va UZ. hududida domen nomlarini ro`yxatga oladigan ColorIT Designnomli bo`lim tashkil etdi.

2006 yil, ColorIT Designo`zining texnik va intelektual imkoniyatlarini WiMAX simsiz ulanish texnologiyasida, keng telekommunikatsion xizmatlari spektr imkoniyatini berishga yo`naltirdi. Kompaniya qayta qurilishishi natijasida o`z nomini Max Linedeb o`zgartirdi.
2006yil ColorIT Design qayta ro`yxatdan o`tishi natijasida reklama sohasida faol ravishda ilg`or kompaniyalardan biriga aylanadi va o`zini ColorIT Design Inc. deb nomladi.
2006 yil «Max Line» asosiy ta`sischi sifatida Arsenal D nomli yangi web-studiya va domen nomlarini ro`yxatgdan o`tkazadigan registratorni tashkil etdi. «Arsenal D» yuqorida takidlab o`tgan xizmatlar bo`yicha «ColorIT Design» va «Max Line» tomonidan qabul qilingan web-saytlar tashkil etish, turli darajadagi dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek UZ zonasida ikkinchi darajadagi domenlarni ro`yxatga olish bo`yicha shartnomarlarning qonuniy merosxo`riga aylandi.
East Telecom QK- yangi avlod tarmoqlari operatori.
Max Line – birinchi simsiz ulanish operatori.
ColorIT Design Inc. – birinchi svetodiod reklamalari operatori.
Agar ushbu mantiqiy zanjirni davom ettirsak, u holda Arsenal D – bu birinchi ...

Arsenal D nimada birinchi ekanligini biz hal etmaymiz, balki buni tarix hal etadi. Chunki, ertaga nima noyob bo`lishini bilmagan kimsa, bugun hayotdan barchasini olishiga to`g`ri keladi. Nimani olishga qurbing yetsa barchasini olish kerak. Agar sizlarni buyuk ishlar kutayotgan bo`lsa, birinchi bo`lish ham, yashash ham qiziqarli, muloyim bo`lish kerak va bu ishlarni kuttirish kerak emas.

Bugungi kunda biz o`zimizni ishlayotgandek ko`rsatayotganimiz yo`q, agar ishlash huquqini qo`lga kiritgan bo`lsak, demak, dam olsak ham bo`ladi.

Aslida «galerdagi qul» kabi ishlamoqdamiz (VVP copyright ). «Quyosh tagida» o`z o`rnimizni egallaganimizdan so`ng, biz bu joyda mustahkam o`rin egallashni maqsad qildik va «yuqori cho`qqida mahkam o`rnimizni» egallagan holda o`z maqsadlarimizni amalga oshirmoqchimiz. Shu bilan birga «kuyib ketmaslik» va «o`zimizga haddan ziyod ishonib ketmaslik».

Bu dunyoda eng muhimi, turgan o`rnimiz emas, balki harakatlanayotgan yo`nalishimizdir.
O. Xolms

2. Magnum opus, biz buni amalga oshirdik va bu bilan faxrlanamiz – (eng yaxshi ishingga ilova)

Aytib bo`lmaydi. Dizayner uchun bir narsa, texnik xodimlar uchun ikkinchi bir narsa, kontent menedjerlar uchun esa uchinchi bir narsa ma`qul, lekin «moliyachilar» eng yuqori iqtisodiy foydaga ega ish to`g`risida gapiradilar. Yarim yildan so`ng birinchilik yana o`z o`rnini o`zgartiradi, chunki yangi ishlar amalga oshirilmoqda, mahorat charxlanmoqda, ilhom kelmoqda va oldingi ishlarga orziqish bilan qaray boshlaysan.
Bizningcha, web-saytlar yaratish turli xil texnologiyalarga, texnikalarga va dezaynga doir san`atlarni birlashtirib to`qishdir va bunda birgina nuqtai nazar mavjud – u ham bo`lsa, o`zining eng yuqori cho`qqisiga erishishdir. Agar kimdir ushbu cho`qqiga erishgan bo`lsa, u o`z ishini yakunlasa ham bo`ladi.

3. Yurtimizda web-saytlar ishlab chiqarish bo`yicha autsorsing mashtabini qanday baholaysiz?

Mashtabni baholay olmaymiz, chunki bunga zarurat bo`lmagan. Istiqbol shuni ko`rsatadiki, bizda iste`dodlilar juda ko`p, ammo muammo bunda emas.

4. Frilanser va studiya bir-biriga xalaqit beradimi? Tajribangizda muvaffaqiyatli hamkorliklar uchun misollar bo`lganmi?

Biz bunday deb o`ylamaymiz. Bizningcha «flilanser» yoki «studiya» o`rtasida farq yo`q, faqatgina mahoratda fartq bor. Bunda eng muhimi, ikkalasi ham bir «virtual kurash» yo`lidan borishidir (bunday kurashlar uchun Uz domeni milliy Internet festivalini har yili tashkil etish muhim deb hisoblaymiz). Bunday kurashlar bizning zaif taraflarimizni va kamchiliklarimizni yashirib, o`zimizni anglash va o`zimizni kamolotga yetkazish imkoniyatini beradi.

Tajribamizda, ular bilan hamkorlik qilish misollari yo`q. Biz frilanserlar bilan ham, studiyalay bilan ham aloqaga chiqmaymiz, kimning kung-fusi zo`r ekanligini aniqlash istagimiz yo`q.

5. Nimaga PHP & MySQL?

Chunki bular hammabop va keng ishlatiladi. Aytgancha, hamma saytlarimizda ham MySQL ma`lumotlar bazasi sifatida ishlatiladi, ko`pchiligi PostgreSQL da ishlaydi.
Umuman olganda С++ dan ham foydalansa bo`ladi, eng muhimi, xostingda muammo bo`masligi va sayt foydalanilayotgan texnologiyalarga muvofiq bo`lishi kerak.

6. Hozirgi kunda eng keng tarqalgan so`z - «loyiha». Ikkinchi keng tarqalgan so`z - «menejer». Ikki so`z birlashuvidan hosil bo`lgan «Loyiha menejeri» so`zi, hamda MS Project, UML va boshqa shunga o`xshash biznes loyihalar, manbalar, odamlar va asboblar haqida ham nima deb o`ylashingizni aytib bering.

Biz ushbu maqolani o`qiydiganlarni ayaymiz. Agar u bizning raqibimiz bo`lmasa, bizning fikrimiz u uchun qiziqarli emas deb o`ylaymiz. Agar ma`ruza o`qishdan pashshalar o`lsa, unday holda uni oshxonada o`qish kerak degan fikrni qo`llab quvvatlaymiz.

7. Albatta, zaporoj va mersedes avtomobil ekanligini bilaman. Lekin ularning narxlari har xil. Nima uchun ko`pchilik veb-studiyalar o`z «zaporoj», «mersedes» va «tyuningli zaporoj» narxlarini ko`rsatadigan «Prays-list» bo`limini qo`yishni istashmaydi?

Biz buni amalga oshirdik va oddiy bo`lmaga bo`lim yaratdik.
Saytimizning tariflar bo`limida, mijozlarimizni narx-navoning yo`qligi sabablarini tushuntirib o`tganmiz.

Eng avvalo sayt yaratish – ijodiy jarayon, shundan so`ngina – texnik jarayon hisobnaladi.

Masalan, agar sizga 3x4 fotosurat kerak bo`lsa, har qanday kam imkoniyatga ega bo`lgan fotostudiya 1 soat ichida amalga oshiradi va buning uchun maksimum 1.5 dollar to`laysiz, lekin professional studiya bu ishni amalga oshirmaydi. Nima uchun? Chunki, professional studiya eng avvalo buyurtma mohiyatini ko`rib chiqadi. Agar u uning ijodiy mahsulini ko`rsa, studiya qurilmasida ishlaydigan va buning uchun maxsus ajratilgan xonada ishlaydigan fotorassom xizmatini taklif etadi. Buda birgina fotosurat 2000 ervoga baholanadi
Biz o`z ustaxonamizda oddiy emas, balki oltindan qoshiqlar tayyorlaymiz va ular tushlikdan keyin ham o`z qiymatini yo`qotmaydi.

8. Qachon va qayerda tayyor CMSdan foydalansa bo`ladi?

Ushbu savolga har bir web-masterning o`z fikri mavjud. Biz sayt yaratayotganimizda tayyor CMSda foydalanmaymiz. Biz o`zimiz ishlab chiqqan dasturlardan foydalanamiz. Shuni takidlab o`tish kerak-ki, biz velosiped yaratishga urinmaymiz va ko`pincha Open-Source mahsulotlari ilmidan o`zimizning qurilmada foydalanib ko`rish uchun olamiz. Bizning tajriba xonamizda ko`pincha tayyor, tajriba uchun ajratilgan CMSlar tajriba qilinadi va ularning natijalari ayanchli yakun topadi.

9. Tipografiya, krossbrauzer verstkasi, HTLM va boshqa shunga o`xshash narsalar haqida nima deysiz?

Hammasi ma`qul, lekin o`z me`yorida. Bu standartlarga intilish kerak, lekin ma`lum darajada chekkaga chiqish ham mumkin.

10. Sizda yosh mutaxassislar uchun «inkubator» bormi? Unga tushish uchun qanday tizim qobiliyatlariga ega bo`lishi kerak?

Yo`q, biz «inkubator»larni o`stirmaymiz. Ularni uchishga ham o`rgatmaymiz.

Bizning studiyada ishlash uchun qanday tizim talablariga javob berish kerak?
Qanot chiqarganlar ko`p, ammo uchadiganlari kam. Agar siz yomon ob-havoda ham uchishni istasangiz, marhamat, bizlarga o`z resyumensizni yuboring

11. Sizning o`zingizga xos tarafingiz va o`zingizga jalb etadigan tomoningiz nimada? Nimaga siz boshqalardan farq qilasiz?

Biz narximizni oshirmaymiz, chunki insof bilan ish qilamiz va qizg`anchiqlik qilmaymiz.

O`ziga xos tomonimiz va xususiyatimiz www.arsenal-d.uz saytida berilgan, mijozlar, hamkorlar va raqiblar bilan kundalik suhbatlar savomida bizda ishontirish qobiliyati paydo bo`ladi.

12. Agar sehrgar bo`lganimda, mendan nima so`ragan bo`lar edingiz?

Arsenal D guruhi nomidan

Qadrdon Sehrgar!
Igar ilojini topsangiz, InfoCOM.UZ jurnali o`quvchilarini baxtli va boy qil!
Agar vaqtingiz bo`lsa, shunday qilingki, bizlarga faqat obro`li mijozlar kelsin va bizlar bilan savdolashmasdan shartnoma tuzishsiz.

Sehrgarsiz-ku axir, u-bu narsa o`ylab toping.
Ha, etgancha! Did o`zgaradi, didsizlik esa hech qachon. Mijozlarimizda ushbu ikki tomonlamalikni, yaxshi tarafga hal eting. Qanchalik jonimizga tekanini bilasizmi?
Yana bir bor, iltimos qilamiz – barchani baxtli va boy qiling. Obro`li mijozlar haqida ham unitmang.
Arsenal D guruhi suhbat qurdi
Shturman. Katta yordamchi. Yo`l boshlovchi. Badiiy rahbar. Muharrir. Shifrlovchi.