2009 “UZ” milliy domenlar internet festivali g`oliblari

25 sentabr kuni festival sovrinlarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Hay`at a`zolari va umumiy ovoz berish yakunlariga ko`ra mavzuga doir va maxsus nominatsiyalari bo`yicha festival g`oliblari taqdirlandilar. 2009 Internet Festivali doirasida, «Arsenal D» kompaniyasi aksiya o`tkazdi va barcha nominatsiyalar bo`yicha birinchi o`rin olgan un oltinchi g`olibni Uz hududida domen nomini bepul ro`yxatga olish huquqini beradigan Sertifikat bilan mukofotladi. Fotoalbomda muvaffaqiyatli chiqqan rasmlar to`plami chop etildi.

Festival g`oliblarini tabriklaymiz, sog`liq va ishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz!