Registratorlar yig`ilishi 2008

2008 yilning 27 noyabrida UZ hududidagi barcha domen registratorlarining yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilish boshida registratorlarga UZ zonasida domen nomlarini ro`yxatga olish huquqini beradigan guvohnomalar berildi.

  • Yig`ilishni UZINFOCOM Markazi direktori Djalolatdin Rakhimov olib bordi. Yig`ilishda «Tomas», «Amaliy Aloqalar Biznesi» (ВСС), «Sarkor Telecom», «Billur Net», «Arsenal-D», «TV-Inform», «Simus» kompaniya vakillari va markaz hodimlari ishtirok etdilar.
  • Yangi guvohnomalarni taqdim etish.
  • Registratorlar xizmat ko`rsatish shartnomasining yangi variantlarini ishlab chiqish.
  • - domen nomlari bo`yicha yangi qaror bilan ishlash masalalarini muhokama qilish;
    - API ni amalga oshirish masalalari;
    - registratorlar saytining holati;
    - muzokarali masalalarni hal etish.
  • Yig`ilish yakunida barcha ishtirokchilar umumiy suratga tushishdi.