Milliy UZ domеni 2010 Intеnеt-fеstivali

 

  • 2010 yil 20 sentyabr kuni Yoshlar ijodi saroyida Toshkent shahrida, O‘zbеkistonda Milliy UZ domеni 2010 Intеnеt-fеstivali g`oliblarini mukofotlash marosimi bo`lib o`tdi.
  • 2010 yil 20 sentyabr kuni Yoshlar ijodi saroyida Toshkent shahrida, O‘zbеkistonda Milliy UZ domеni 2010 Intеnеt-fеstivali g`oliblarini mukofotlash marosimi bo`lib o`tdi.
  • O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimhon ushbu davrani ochib berdi.
  • O`zbekiston xizmat ko`rsatgan honanda – Rayhon Ganiyeva ham, Milliy UZ domеni 2010 Intеnеt-fеstivali g`oliblarini mukofotlash marosimida ishtirok etib, muhlislarga o`zining yangi qo`shiqlaridan birini kuyladi.
  • Taqdirlash marosimini InfoCOM.uz axborot-kommunikasion jurnalining tahririyat kollegiyasi raisi – Aleksandr Suchkov olib bordi.
  • “Yoshlar uchun eng yaxshi sayt” nominasiyasida birinchi o`rinni yosh programistlarning onlayn uyushmasi sayti www.webdot.uz oldi.
  • “Ayollar va bolalar sog`lom hayotiga bag`ishlangan eng yaxshi sayt” nominasiyasida o`zbek tilidagi birinchi onalar va bolalar uchun sayt www.farzand.uz g`oliblikni qo`lga kiritdi.
  • “O`zbekiston ayollari tomonidan ishlab chiqarilgan eng yaxshi veb-blog yoki veb-sahifa” nominasiyasida professional jurnalistika tog`risidagi www.binafsha.uz blogiga birinchi o`rin berildi.
  • “O`zbekiston ayollari tomonidan ishlab chiqarilgan eng yaxshi veb-blog yoki veb-sahifa” nominasiyasida professional jurnalistika tog`risidagi www.binafsha.uz blogiga birinchi o`rin berildi.
  • “Fan va ta’lim sohasidagi eng yaxshi sayt” nominasiyasida O`zbekiston IIV Akademiyasi www.akadmvd.uz sayti yetakchilik qildi
  • “OAV eng yaxshi sayti” nominasiyasida Podrobno.uz – O`zbekiston yangiliklari sayti – www.podrobno.uz birinchi o`rinni qozondi.
  • “Davlat boshqaruvi organining eng yaxshi sayti” nominasiyasida O`zbekiston Respublikasi hukumat portali http://gov.uz birinchilikni qo`lga kiritdi.
  • “Madaniyat va san’at sohasidagi eng yaxshi sayt” deb O`zbekiston madaniyati sayti www.kultura.uz e’tirof etildi.
  • “Turizm va sayohatlar sohasidagi eng yaxshi sayt” nominasiyasida, turizm to`g`risidagi www.orientholiday.uz saytiga birinchi o`rin berildi.
  • “Jismoniya tarbiya va sport to`g`risidagi eng yaxshi sayt” nominasiyasida O`zbek futbol fanatlarining www.uff.uz sayti g`oliblikni qozondi.
  • “Tibbiyot va sog`liqni saqlash sohasidagi eng yaxshi sayt” nomini O`zbekiston tibbiyot portali – www.med.uz sayti egalladi.
  • “Tarmoq xizmatlari sohasidagi eng yaxshi sayt” nominasiyasining web 1.0 kategoriyasida birinchi o`rinni ob-havo to`g`risidagi sayt www.pogoda.uz oldi.
  • “Tarmoq xizmatlari sohasidagi eng yaxshi sayt” nominasiyasining web 2.0 kategoriyasida Uznetdagi videoxizmat www.mytube.uz yetakchilik qildi.
  • “Mintaqaviy o`lkashunoslik bo`yicha eng yaxshi sayt” nominasiyasida g`olib deb tarix to`g`risidagi sayt www.e-tarix.uz e’tirof qiindi.
  • “Eng yaxshi shaxsiy sahifa” nominasiyasida Tamara Sanayevaning shaxsiy blogi sanaeva.doira.uz birinchilikni qo`lga kiritdi.
  • “Festival ochilishi” nominasiyasida aviabilet buyurish xizmati sayti – www.poletim.uz g`alaba qozondi.